Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Si Szinpin Xitoyda qashshoqlik ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi

Si Szinpin Xitoyda qashshoqlik ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi

Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakatda qashshoqlik to‘liq bartaraf etilganini e’lon qildi, deb yozmoqda «Interfaks».

«Kambag‘allikni yengishdek qiyin vazifa uddalandi, qashshoqlik masalasi mintaqaviy miqyosda to‘liq hal qilindi», — dedi davlat rahbari qashshoqlikka qarshi kurash bo‘yicha milliy yakuniy konferensiyada.

Si Szinpinning ta’kidlashicha, 128 mingta qishloq va 98,9 million nafar qishloq aholisi partiya va xalqning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan kambag‘allik holatidan chiqarilgan.

«Mutlaq qashshoqlikning tugashi bilan yana bir tarixiy mo‘’jiza amalga oshirildi! Bu Xitoy xalqi, Xitoy Kommunistik partiyasi va Xitoy millatining buyuk shon-sharafidir», — deya davlat rahbari bunga Xitoy Kommunistik partiyasining yuz yillik yubileyi arafasida (23 iyul) erishilganini ta’kidlab o‘tdi.

Avvalroq Jahon bankining Xitoydagi bo‘limi rahbari Martin Rayzer global qashshoqlik qisqarishining to‘rtdan uch qismi Xitoyga to‘g‘ri kelishini aytgandi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yilda XXRda qashshoqlik koeffisiyenti (mamlakatda belgilangan kambag‘allik chegarasidan pastda turuvchi aholining ulushi) 9,8 foiz, 2019 yilda esa 0,6 foizni tashkil etgan.

2021 yilning yanvar oyi oxirida Vladimir Putin Xitoy va Rossiyadagi qashshoqlikka qarshi kurashda qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni taqqosladi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda «1990 yilda daromadi oz kishilar soni 1,1 milliardni tashkil qilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda mazkur ko‘rsatkich 300 milliondan kamroqni ko‘rsatmoqda». Shu bilan birga, Rossiyada bu ko‘rsatkich 90 yillarda qayd etilgan 64 million kishidan bugungi kunda 5 million kishiga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX xalqaro mexanizmiga 10 million dozadagi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina taqdim qilishi haqida xabar qilingan. Qayd etilishicha, Xitoy hukumati tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga katta hajmdagi mahalliy vaksinalar partiyasi yuborilgan. JSST tomonidan Xitoy vaksinalarini favqulodda vaziyatlarda qo‘llash bo‘yicha ko‘rib chiqish jarayoni boshlangan.

Kiritildi: 17:47 25.02.2021. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!