Xitoy rahbari Si Szinpin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, 90 daqiqa davomida uni bir qator muhim masalalarda yon berishga majbur qildi. Bu haqda Le Monde nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar davomida Tramp Xitoy tovarlariga qo‘yilgan bojlarni 47 foizgacha pasaytirishga rozilik bildirgan. Si Szinpin esa Amerika soya mahsulotlarini sotib olishni davom ettirishga va ayrim yuqori texnologiyali kompaniyalarga nisbatan cheklovlarni yumshatish masalasini muhokama qilgan.
Shu bilan birga, muzokaralar oldidan Tramp Xitoy kompaniyalarining sun’iy intellekt sohasida foydalaniladigan amerikalik mikroprosessorlarga kirishini taqiqlash bilan tahdid qilgan edi. Bunga javoban Si Szinpin nodir yer metallari eksportiga embargo joriy etish bilan tahdid qilgan — bu metallar AQShning iqtisodiy va mudofaa sohasi uchun juda muhim sanaladi.
Le Monde sharhlovchisi Alen Fraxonning ta’kidlashicha, “Si Szinpin bu uchrashuvda diplomatik jihatdan ustun keldi. Jim siyosatchi maftunkor prezidentni mag‘lub etdi”, — deyiladi maqolada.
Nashrning fikricha, bu uchrashuv jahon texnologiya urushidagi kuchlar muvozanatiga ta’sir ko‘rsatishi va Pekinning xalqaro mavqeini yanada mustahkamlashi mumkin.