Xitoy raisi Si Szinpin 8-9 iyun kunlari KXDRga davlat tashrifi bilan boradi.
Bu haqda Xinhua axborot agentligi Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining Xalqaro aloqalar bo‘yicha idorasining bayonotiga tayanib xabar berdi.
"Koreya Mehnat partiyasi bosh kotibi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat ishlari bo‘yicha raisi Kim Chen Inning taklifiga binoan, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 8-9 iyun kunlari Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga davlat tashrifi bilan boradi", deyiladi bayonotda.
Bo‘lajak tashrif tafsilotlari va kun tartibi hali oshkor qilinmagan.