Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Si Szinpin Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keladi

Si Szinpin Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keladi

Xitoy rahbari Si Szinpin prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan 7-10 may kunlari Rossiyada rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Si Szinpin Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

"Muzokaralar chog‘ida har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Bir qator ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Kiritildi: 16:03 04.05.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!