Bugun 19 oktyabr, 2019 yil, shanba

КИР

Si Szinpin jurnalistlarni imtihon qilmoqchi

Si Szinpin jurnalistlarni imtihon qilmoqchi

Endilikda xitoy jurnalistlari marksizm-leninizm hamda XXR raisi Si Szinpin ta’limoti bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Si Szinpinning ta’kidlashicha, jamoatchilik fikrini yo‘naltirish uchun jurnalistlar to‘g‘ri siyosiy rahbariyat yo‘lidan yurishi lozim.

Xitoylik jurnalistlar shunchaki o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olishsa bas. Buning uchun ular kommunistik partiya va uning, shubhasiz, yetakchisi Si Szinpinga sodiqliklarini isbotlovchi imtihondan o‘tishlari kerak. Imtihondan o‘ta olmaganlar akkreditasiyasidan mahrum bo‘ladi.

Rasmiy OAVning 10 000 dan ortiq jurnalistlari keyingi oydan boshlab maxsus mobil ilova yordamida partiyaga sodiqlik va kommunistik mafkura bo‘yicha bilimlar «sayyor testlari»dan o‘tkazila boshlanadi. Keyin esa milliy imtihonlar kutmoqda: jurnalistlar o‘z vazifalarini qanchalik uddalashayotgani aniqlanadi.

«Figaro»ga ko‘ra, Xitoyda davlat  rahbari tomonidan mafkuraviy nazorat qayta tiklanmoqda.

Kiritildi: 12:25 21.09.2019. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!