Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Si Szinpin ham Jo Baydenni saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladi

Si Szinpin ham Jo Baydenni saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladi

Chorshanba kuni Xitoy prezidenti Si Szinpin Jo Baydenni 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Xitoy rahbari endilikda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar sog‘lom va barqaror rivojlanishiga umid bildirdi,  deb xabar qildi rasmiy Xinhua axborot agentligi.

Xitoy-AQSh munosabatlari AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning faoliyati davomida so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yomon darajaga tushib ketdi. Dunyoda iqtisodiyot bo‘yicha eng oldinda turuvchi bu ikki mamlakat o‘rtasida so‘nggi yillarda savdo va texnologiyadan tortib Gonkong hamda koronavirusgacha kabi sohalarda nizolar yuzaga kelmoqda.

Si Baydenga yo‘llagan tabrigida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarning yaxshilanishi nafaqat ikki xalqning tub manfaatlariga xizmat qilishi, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham kutilayotgan hodisa ekanligini aytgan.

13 noyabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Jo Baydenni g‘alaba bilan tabriklagandi. Shuningdek, 25 noyabr kuni Xitoy Bosh Vaziri Vang Qishan Baydenning o‘rinbosari Kamala Harrisni qutlagan.

Kiritildi: 15:18 26.11.2020. O'qildi: 2273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!