Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Si Bryusselni rad etdi

Si Bryusselni rad etdi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 50 yilligi munosabati bilan Bryusselda o‘tkaziladigan sammitga tashrif buyurishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Financial Times gazetasi.

Nashrning ikki manbasiga ko‘ra, Xitoy rahbari o‘rniga sammitda XXR Davlat kengashining Bosh vaziri Li Syan ishtirok etadi.

Gazetaning ta’kidlashicha, bunday uchrashuvlar odatda navbatma-navbat o‘tkaziladi: Bryusselda ko‘pincha bosh vazir qatnashsa, rais esa tegishli sammitlarni Pekinda o‘tkazadi. Biroq, FT suhbatdoshlari aytishicha, yubiley yili munosabati bilan Yevropa Ittifoqi Si Szinpinning shaxsan tashrif buyurishini kutgan edi.

Kiritildi: 12:39 16.03.2025. O'qildi: 1900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!