Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Shveysariyada aholi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Shveysariyada aholi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Tashabbusga ko‘ra, 2050 yilgacha Shveysariya aholisi 10 million kishidan oshmasligi kerak.

Agar aholi soni bu muddatdan oldin 9,5 milliondan oshib ketsa, hukumat boshpana berish va oilalarni birlashtirish bo‘yicha kvotalarni qisqartirishi mumkin.

Referendum 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Ovoz berish tashabbuskori o‘ng qanot Shveysariya xalq partiyasi bo‘lib, u Alp tog‘larida joylashgan mamlakatda doimiy yashashi mumkin bo‘lgan odamlar sonini cheklovchi qonun qabul qilishni taklif qilmoqda.

So‘rovlarga ko‘ra, shveysariyaliklarning aksariyati uy-joy tanqisligi va infratuzilmaga tushayotgan yukning ortishi fonida ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:11. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!