Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Shvesiyada terrorchilik niyati uchun 7 yilga qamalgan o‘zbek oqlandi

Shvesiyada terrorchilik niyati uchun 7 yilga qamalgan o‘zbek oqlandi

Shvesiyadagi Svea yuqori sudi terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib, yetti yilga qamalgan o‘zbekistonlik Farhod Toshmuhamedovning (David Idrisson) apellyasiya arizasini ko‘rib chiqib, uni aybsiz deb topgan.

David Idrisson nomi bilan tanilgan bu odam Stokholm markaziy vokzali va Skandinaviya savdo markazida terakt qilishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblangan. Uning uyidan bomba yasashda foydalanish mumkin bo‘lgan (lekin qishloq xo‘jaligida ham foydalaniladigan) moddalar topilgani xabar qilingan edi.

Prokuraturaning fikricha, Farhod Toshmuhamedov 560 kg kalsiy gipoxlorid, 100 kg kaliy gidroksidi va 50 litr oltingugurt oksididan bomba yasab, ISHID nomidan terakt sodir etmoqchi bo‘lgan. Lekin Farhod Toshmuhamedov bu moddalarni fermasida ishlatmoqchi bo‘lganini iddao qilgan. Prokuratura ham o‘zbekistonlikning terakt qilish niyatida bo‘lganini to‘liq isbotlab berolmagan. Farhod Toshmuhamedov terroristik guruhlarni moliyalashtirgani aniq isbotlangan, lekin bu jinoyat uchun u jazo muddatini allaqachon o‘tab bo‘lgan. Shu sababli sud uning apellyasiyasini qoniqtirib, sud zalidan ozod qilgan.

U hukm qilingan Solna sudi rasmiysining aytishicha, Idrisson ISHID nomidan teraktga tayyorlangan. Unga qarshi ishlatilgan jiddiy dalillardan biri uning ISHID terrorchisi Botir Yusupov bilan aloqa o‘rnatgani bo‘lgan.

O‘zbeklarning Shvesiyadagi terrorchilik harakatlari birinchisi emas. 2017 yil 7 aprelda asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Rahmat Oqilov Stokholmda piyodalar ustiga yuk mashinasini haydab, 5 insonning o‘limiga, 119 odamning jarohatlanishiga sabab bo‘lgan. U 2018 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan va hozir muddatni Kumla qamoqxonasining maxsus bo‘limida o‘tamoqda.

Kiritildi: 09:55 13.06.2019. O'qildi: 2113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!