Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Sho‘rlik kapalak

A A A
Sho‘rlik kapalak

Uyga kapalak kirib qolibdi. Mittigina. Qanotlari ko‘kimtir. Unsiz tipirchilab u devorga uriladi, bu devorga uriladi. Ana! Qanotlarini jon holatda silkib, uchib bordida, darpardaga qo‘ndi. Xudo bilsin, ertalabdan beri yorug‘ dunyoga chiqib ketish ilinjida pitirlayverib holdan toygandir...Sinchiklab kuzatib turdim. Bildimki, kapalak nur shu yerdan tushayotganini sezib turibdi. U yoqda, tashqarida oftob bor. Erkinlik bor... Toza havo... Gulzorlar... Sho‘rlik! Bilmaydiki, basharti biron insofli odam deylik, men, pardani bir chetga surib, yo‘l ochib berganim taqdirda ham, kapalak baribir ozodlikka chiqolmaydi. Deraza yopiq... Tashqarida yorug‘ olam ko‘rinib turadi. Ammo derazadan tushayotgan nur – qalbaki narsa... O‘rtada to‘siq bor. Hammasi – yolg‘on! Hammasi – aldov! Nurli kelajak deb odamlarni aldash mumkinku! Sen kim bo‘psan, birodar! Oddiygina kapalaksan, xolos!

Manba: azon.uz

Kiritildi: 04:45 03.09.2018. O'qildi: 4030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik