Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Shuhrat Abdurahmonov tarqalgan audiosini tan oldi, faqat hammasini emas

Shuhrat Abdurahmonov tarqalgan audiosini tan oldi, faqat hammasini emas

Bugun Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yana e’tibor markaziga tushib, uning ovozi ekani aytilayotgan audiosi tarqaldi.

Audioda qachon o‘tgani noma’lum yig‘ilishda hokim jurnalistlar bilan qanday gaplashishi, shuningdek, Marhamat tumanidagi «shallaqilar»ga qanday chora ko‘rganini aytib maqtangan. 

Tarqalgan audioyozuv yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unda audioyozuv Andijon viloyati hokimi SH.Abdurahmonovga tegishli ekanligi tan olinadi, biroq u bundan ikki yil muqaddam yozib olinganligi aytiladi.

Hokimlik matbuot xizmati Shuhrat Abdurahmonovning jurnalistni «hezalak» deb haqoratlagani «barcha OAV vakillariga emas, aksincha ayrim noxolis OAV xodimlariga nisbatan aytilgani»ni urg‘ulaydi.

Audioyozuvning ikkinchi – murojaatchilarni, «shallaqi» ayollarni 15 sutkaga «tiqib qo‘ygani» haqidagi qismiga hokimlik munosabat bildirmagan.

Kiritildi: 21:10 13.11.2020. O'qildi: 4523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!