Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shomurodovni qanday kutib olishdi?

Shomurodovni qanday kutib olishdi?

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritishni istagan klublar ko‘p edi. Ammo yakunda A seriyaning kamtar jamoasi "Spesiya" raqobatchilarni ortda qoldirib, o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Liguriya klubi bosh menejeri Eduardo Masiya Shomurodovning transferi bo‘yicha muzokaralar qanday olib borilganini aytib berdi.

"Aslida yanvar oyida tarkibni kuchaytirish oson emas. Ammo ba’zida istisno holatlar ham ro‘y berib turadi. Shomurodov transferini olib qaraydigan bo‘lsak, Eldor biz uchun yaxshi transfer bo‘ldi, buning uchun esa ancha harakat qildik. Futbolchini qo‘lga kiritishga bo‘lgan ishtiyoqimiz juda kuchli bo‘ldi.

Birinchi marta qo‘ng‘iroq qilganimda, buni hazil sifatida qabul qilishdi. Chunki, unga da’vogar jamoalar ko‘p edi. Eldo bilan muzokaralar o‘tkazganimizdan keyin u bizga o‘tishga qaror qildi. Hech uning ortidan itarmadi, majburlamadi.

Ilk uchrashuvimiz muvaffaqiyatli chiqmadi. Lekin biz taslim bo‘lmadik va oxirigacha bunga ishondik. Biz o‘zimizga o‘zimiz: "Nari borsa bizga rad javobini berishadi", degandim. Shunday ham bo‘ldi va bizga rad javobini berishdi. Ammo biz harakatni davom ettirdik.

Yutug‘imiz shundan iboratki, futbolchi va uning agentlari loyihamiz jiddiy ekanini va uni amalga oshirishda ular muhim figura bo‘lishi mumkinligini tushunib yetdi.

Agar Eldor “Roma”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. U "Spesiya"ga o‘tgach, biz unga, u esa, bizga yordam berishi mumkin", - dedi Eduardo Masiya.

Kiritildi: 10:34 04.02.2023. O'qildi: 4089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!