Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shomurodovda gol+pas, Fayzullayevda gol: SofaScore hamyurtlarimizning o‘yinini qanday baholadi?

Shomurodovda gol+pas, Fayzullayevda gol: SofaScore hamyurtlarimizning o‘yinini qanday baholadi?

Turkiya Superligasining 33-turi doirasida "Istanbul Bashakshexir" o‘z maydonida "Samsunspor"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur bahs o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun e’tiborli bo‘ldi. Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi. Hamyurtimiz 6-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada jamoadoshiga golli uzatma yetkazib berdi.

Shuningdek, "Istanbul Bashakshexir"ning yana bir o‘zbekistonlik a’zosi Abbosbek Fayzullayev 70-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va 78-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Sofascore nashri Shomurodovning o‘yinini 7.9 ballga, Fayzullayevning harakatlarini esa 7.4 ballga loyiq ko‘rdi.

Shomurodovda gol+pas, Fayzullayevda gol: SofaScore hamyurtlarimizning o‘yinini qanday baholadi?

Shomurodovda gol+pas, Fayzullayevda gol: SofaScore hamyurtlarimizning o‘yinini qanday baholadi?

Kiritildi: Bugun 15:08. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!