Turkiya Superligasining 6-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Genchlerbirligi"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar safida harakat qilgan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, raqib darvozasiga ikki bor yo‘l topdi. Uning dubl qayd etishi "Bashakshehir"ning yirik g‘alabasida muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Abbosbek Fayzullayev 77-daqiqada zaxiradan maydonga qo‘shildi.
Sofascore portali uchrashuv yakunlariga ko‘ra Shomurodovning harakatlarini 9,1 ball bilan baholadi. Bu maydonga tushgan futbolchilar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Fayzullayev esa 6,6 ball oldi.