Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Shol bo‘lib qolgan ayol fazoni zabt etdi

Shol bo‘lib qolgan ayol fazoni zabt etdi

Aerokosmik texnika va mexatronika muhandisi, 33 yoshli Mikaela Benthaus (Germaniya) Blue Origin kompaniyasining New Shepard kemasida fazoga parvoz qildi.

Benthaus yetti yil avval tog‘ velosipedida baxtsiz hodisaga uchrab, shol bo‘lib qolgan.

2024 yilda Benthausga SpaceX sobiq rahbari Hans Kyonigsmann fazoga uchishni taklif qiladi. Parvozga homiylikni o‘z bo‘yniga olgan tadbirkor Benthaus va yana to‘rt yo‘lovchi bilan birga fazoga parvoz qildi.

Nogironlar aravachasini tark etgan muhandis ayol 105 kilometr balandlikdan Yerni vaznsizlik holatida tomosha qildi. «Butun sayohat davomida o‘zimni kulishdan to‘xtatolmadim, vaznsizlikda ag‘darilishga harakat qildim — bu men uchun eng zo‘r tajriba bo‘ldi!», — dedi Benthaus Yerga qaytgandan so‘ng.

Kiritildi: Bugun 13:52. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!