Xabar berganimizdek, professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 27 iyul kuni AQShning Michigan shtati Detroyt shahrida amerikalik Xulian Smitga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Smit prof ringda 10 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (5 KO). Hisobida 2 ta mag‘lubiyat bor. Ergashev esa 25 ta jangining 24 tasida g‘alabaga erishgan (21 KO), 1 ta jangda chempionga imkoniyatni boy bergan.
Ayni paytda hamyurtimiz Mayamida bo‘lajak jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kechadan u sparring-janglarni boshladi...