Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Shimoliy Koreya yangi raketalarini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yangi raketalarini sinovdan o‘tkazdi

KXDR Raketa qurilishi bosh boshqarmasi 24 dekabr kuni katta balandlik va uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi zenit raketalarining sinov uchirishini amalga oshirdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Sinov jarayonini Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shaxsan kuzatgan va sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan ishlab chiquvchilarni tabriklagan.

Uchirish Yapon dengizi akvatoriyasida bo‘lib o‘tgan va yangi havo hujumidan mudofaa tizimining taktik-texnik xususiyatlarini baholashga qaratilgan ilk sinov bo‘lgani qayd etilgan.

Axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, raketalar taxminan 200 kilometr masofadagi shartli havo nishonlarini muvaffaqiyatli urib tushirgan. Sinovlar mamlakat havo mudofaasi tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar doirasida o‘tkazilgan.

Kiritildi: Bugun 17:43. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!