Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Shimoliy Koreya rahbari Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi

Shimoliy Koreya rahbari Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiya kuni munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tabrik yo‘llab, Moskva bilan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar qildi.

Tabrik maktubida Kim Chen In ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etgan. Uning ta’kidlashicha, Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi hamkorlik keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma asosida ittifoqchilik darajasigacha mustahkamlanmoqda.

Shimoliy Koreya rahbari, shuningdek, mamlakat har doim Rossiya bilan birga bo‘lishini bildirgan.

Rossiya kuni munosabati bilan Rossiya va Shimoliy Koreya rasmiylari sovet armiyasi halok bo‘lgan askarlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik va qabristonni ziyorat qildi. Shuningdek, Rossiyaning Pxenyandagi elchixonasi KXDRning yuqori lavozimli amaldorlari ishtirokida qabul marosimi o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashgan. Bu jarayon Shimoliy Koreyaning Rossiya bilan harbiy va siyosiy hamkorligi kuchayib borayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:41. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!