Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaga yana 10 ming askar jo‘natmoqchi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaga yana 10 ming askar jo‘natmoqchi

Bu haqda Zelenskiy razvedka ma’lumotlariga tayanib ma’lum qildi.

Janubiy Koreya rasmiylariga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbariyati Rossiyaga 15 mingga yaqin askar yo‘llagan. NATO bosh kotibi Mark Ryutte bu ma’lumotni tasdiqlagan va KXDR askarlarining Rossiya tomonida jang qilishi nafaqat Hind–Tinch okeani mintaqasi, Yevroatlantika makoni uchun ham tahdid ekanini aytgan.

Shimoliy Koreya Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda qurol-aslaha bilan ham ko‘mak berib kelmoqda. AQSh ham Shimoliy Koreya Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlari evaziga qurol-aslaha berayotganini tasdiqlagan. Pxenyan, shuningdek, Koreya yarimorolida urush boshlangudek bo‘lsa, Rossiya madadga kelishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 23:35 29.09.2026. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!