Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shimoliy Koreya gipertovushli raketa sinovini o‘tkazdi

Shimoliy Koreya gipertovushli raketa sinovini o‘tkazdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In nazorati ostida gipertovushli strategik qurol tizimiga kiruvchi raketa sinovdan o‘tkazildi. Pxenyan raketa dengizdagi nishonni qariyb 1000 kilometr masofadan urganini ma’lum qildi.

KXDR rasmiylarining aytishicha, raketa past balandlikda trayektoriyasini o‘zgartirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Mamlakat rasmiylari bunday xususiyatlar raketani havo mudofaasi tizimlari uchun aniqlash va ushlashni qiyinlashtirishini ta’kidlagan.

Biroq Janubiy Koreya harbiylari raketani 700 kilometrdan ortiq masofada kuzatganini, Yaponiya esa uning parvoz masofasini taxminan 680 kilometr deb baholagan. Seul Pxenyanning raketani ushlash qiyinligi haqidagi da’volariga qo‘shilmagan va Janubiy Koreya hamda AQShning mavjud mudofaa vositalari uni aniqlash va tutish imkoniyatiga ega ekanini bildirgan.

Agar KXDR ma’lum qilgan 1000 kilometrlik masofa mustaqil ravishda tasdiqlansa, raketa Yaponiya hududidagi ayrim harbiy ob’ektlargacha yetib borishi mumkin. Ammo hozircha bu ko‘rsatkich Pxenyanning bayonoti bilan cheklangan.

Kiritildi: Bugun 16:55. O'qildi: 155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!