The Washington Post: Shimoliy Koreya askarlari ayni damda Rossiya Federasiyasida tayyorgarlikdan o‘tmoqda va yil oxirigacha Ukrainadagi frontga jo‘natilishi mumkin.
Gap KXDRdan kelgan bir necha ming harbiy xizmatchi haqida bormoqda.
Urushni o‘rganish instituti Rossiya harbiy qo‘mondonligi ularni 2024 yil oxirigacha Ukrainadagi front chizig‘iga yoki Rossiya bilan chegaradosh hududlarga o‘tkazishi mumkin, deb hisoblaydi.
Xabarda aytilishicha, hozirda Shimoliy Koreya zobitlari Donesk viloyatining Ukraina nazorati ostida bo‘lmagan qismida Rossiya armiyasining harakatlarini kuzatmoqda, ammo janglarda bevosita ishtirok etmayapti.