Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Shimoliy Koreya AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyani NATOning «Osiyo versiyasi»ni yaratishda aybladi

Shimoliy Koreya AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyani NATOning «Osiyo versiyasi»ni yaratishda aybladi

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligining KCNA tomonidan e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, uch davlat alyansga o‘xshash uch tomonlama qo‘shma harbiy mashqlarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olgan. Shuningdek, bu davlatlar o‘rtasida mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi kelishuv NATOning jamoaviy mudofaa tamoyilini eslatishi ta’kidlanadi.

Bir kun avval AQSH, Yaponiya va Koreya Respublikasi uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va Hindiston-Tinch okeani mintaqasida, jumladan Koreya yarim orolida barqarorlikni himoya qilish maqsadida «Freedom Edge» qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Kiritildi: 17:00 30.06.2024. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!