Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Shimoliy Koreya: "AQSh bilan yadro qurollari bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash rejamizda yo‘q"

Shimoliy Koreya: "AQSh bilan yadro qurollari bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash rejamizda yo‘q"

2 iyul kuni AQSh prezidentining sobiq maslahatchisi Jon Bolton Donald Tramp oktyabrdagi saylovlardan oldin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chem In bilan yana bir marta uchrashishi mumkinligini aytgandi.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Choye Son Hui 4 iyul bu uchrashuv yuzasidan bayonot berib chiqdi. Huining so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘zining Pxenyanga qarshi yuriyotgan “dushmanlik kayfiyatidagi” siyosatidan voz kechmas ekan Shimoliy Koreya u bilan yadro qurollari borasida muzokaralarni qayta boshlamaydi.

Kim Chen In va Tramp 2018 yilda yadro qurollari bo‘yicha muzokaralar boshlanganidan beri uch marta uchrashishdi. Lekin, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi muzokaralar aytarli natija bermadi.

AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining 2019 yil fevralida Vyetnamda bo‘lib o‘tgan ikkinchi uchrashuvida amerikaliklar shimolliklarning yadro qurollarining bir qismidan voz kechishi evaziga sanksiyalarni bekor qilishni rad etishdi. Natijada, yadroviy qurollar bo‘yicha AQSH-KXDR uchrashuvlari to‘xtab qoldi.

Kim Chen In 2020 yilning boshida AQSh sanksiyalariga qarshi yadro qurollarini yanada ko‘paytirishni va’da berdi. Shundan keyin Cho Son Hui ham Koreya muzokaralardan biror foyda topmas ekan Tramp bilan uchrashuvlar bo‘lmasligi haqida bir necha marta bayonot berdi.

“Oldingi sammitdagi kelishuvlarga amal qilmayotgan va KXDRga qarshi g‘arazli siyosatini davom ettirayotgan AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish yoki biron bir kelishuvga erishish mumkinmi? Biz AQSh bilan yuzma-yuz o‘tirib gaplashib olishga hech qanday ehtiyoj sezmayapmiz. Chunki, AQSh uchun bunday muzokalar o‘zining siyosiy inqirozini yo‘q qilish uchun bir vositadan boshqa narsa emas. AQSh biz bilan muzokaralar ish berishiga hali ham ishonsa, chuchvarani xom sanabdi” degan Hui shanba kuni bergan bayonotida.

Ba’zi tahlilchilkarning fikriga ko‘ra, Shimoliy Koreya noyabrdagi prezidentlik saylovlarigacha AQSh bilan jiddiy muzokaralar olib bormaydi. Chunki, saylovdan keyin AQSh hukumatida o‘zgarishlar bo‘lish ehtimoli mavjud.

Kiritildi: 04:00 05.07.2020. O'qildi: 1803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!