Kunlar soviy boshlagan sari barcha issiqlik batareyalarining soz ishlashiga talab kuchayadi.
Xo‘sh, aslida shifoxonalarda xona harorati qanday bo‘lishi kerak? Bunga Adliya vazirligi telegram kanalida aniqlik kiritildi. Qonunchilikka muvofiq bog‘chalar, poliklinikalar, dispanserlar va shifoxonalardagi xonalarning havo harorati 20º S dan, oliy ta’lim muassasalaridagi xonalarning havo harorati 16º S dan past bo‘lishi mumkin emas.