Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Shifokorlarning koronavirusni qanday yuqtirib olishlari ma’lum bo‘ldi

Shifokorlarning koronavirusni qanday yuqtirib olishlari ma’lum bo‘ldi

Italiyaning “Nuova clinica Annunziatella” shifoxonasi koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolash bo‘limi boshlig‘i Massimiliano Bruniolo shifokor qanday qilib koronavirusni yuqtirishi mumkinligini aytdi.

Brunioloning ta’kidlashicha, COVID bilan kasallangan bemorlarga yordam beradigan barcha shifokorlar, to‘liq himoyalangan, barcha zaruriy himoyaga ega va juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlariga qaramay hayotlarini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lishadi.

"Bizning ishimizda favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishi mumkin, masalan, traxeya intubasiyasi paytida. Bu, odatda, o‘ta og‘ir vaziyatlarda bemorlarga yordam berganda ro‘y beradi. Bunday hollarda virus bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilmaslik juda qiyin. Har doim xavf bor. Ammo biz shifokorlar hech qachon qo‘rqmaymiz. Biz o‘z ishimizni qilishda davom etamiz va odamlarga yordam beramiz", dedi shifokor va “Va biz o‘z ishimizni astoydil bajaramiz, ba’zida avval bemor haqida, keyin esa o‘zimiz haqimizda o‘ylaymiz", deya qo‘shimcha qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya hozirda koronavirus tarqalishi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda. Fuqaro mudofaasi xizmatining rahbari Anjelo Borrelli dushanba kuni kechqurun e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda yangi virusning 101 mingdan ortiq ko‘rsatkichi qayd etilgan, 14 mingdan ortiq bemor tuzalib ketgan, qurbonlar soni 11591 kishini tashkil etgan.

Kiritildi: 21:55 31.03.2020. O'qildi: 5303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!