Koronavirusdan qutulgach, organizmni yaxshilash uchun qizil yoki qora qalampir iste’mol qilish kerak. Bu haqda rossiyalik fitoterapevt, biologiya fanlari nomzodi Mixail Lushchik ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qalampir qon aylanishini yaxshilaydi, tanani qizdiradi va zararli ovqatlar qoldiqlarini yuvishga yordam beradi. Uning ta’kidlashicha, immun tizimi qon oqimi yordamida virus bilan zararlangan hujayralarni zudlik bilan tortib va zararsizlantira olmaydi, shuning uchun qon aylanishining yaxshilanishi muhim hisoblanadi.
Shu bilan birga, Lushchik juda ko‘p ziravorlar iste’mol qilmaslikni, shunchaki ovqatga qo‘shib qo‘yishni tavsiya qildi. — Agar qalampirdan yonish hissi paydo bo‘lsa, uni sut yoki yalpiz bilan bartaraf qilishingiz mumkin, — deydi mutaxassis.