Tadqiqotchilar mashhur yozuvchining poytaxtdagi yagona mulki qayerda bo‘lganini aniqladi.
Londonda mashhur yozuvchi Uilyam Shekspirga tegishli bo‘lgan uy joylashuvi aniqlandi, biroq bino bugungi kungacha saqlanib qolmagan. Bu haqda London Qirollik kolleji matbuot xizmati xabar berdi.
Tadqiqotchilar ma’lumotiga ko‘ra, Shekspir 1613 yilda, vafotidan uch yil oldin Londonda yagona mulkini sotib olgan. Uy shahar markazi yaqinidagi tinch ko‘chalardan birida joylashgan bo‘lgan. Kembrij universiteti tadqiqotchisi Lyusi Manro eski arxiv hujjatlarini o‘rganib, 1668 yilda tuzilgan reja va boshqa tarixiy manbalar asosida uyning aniq hududini aniqlagan.
Avval olimlar Shekspir 1613 yilda teatr yong‘inidan so‘ng Londondan ketib, Stratfordga qaytgan deb hisoblab kelishgan. Biroq yangi topilmalar u poytaxtda qolib, teatr hayotida faol bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Ma’lum qilinishicha, uy eski dominikan monastiri yaqinida, hozirgi Sent-Endryus-Xill atrofida joylashgan bo‘lgan. Hozir bu hududda XIX asrda qurilgan binolar mavjud. Tadqiqotchilar hozirgi ko‘chadagi ko‘k yodgorlik plitasi aynan Shekspir uyi turgan joyga o‘rnatilganini ham aniqlagan.