Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shayxontohurda 32 yoshli erkak qamoqqa olindi

A A A
Shayxontohurda 32 yoshli erkak qamoqqa olindi

10 mart kuni Shayxontohur tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli Zohidjon X. murojaat qilib, “Neesiya-3” avtomobili salonidan 20.800 AQSh dollari va 14.000.000 so‘m puli o‘g‘irlanganligini ma’lum qildi. Zohidjon shoshgani bois avtomobili eshigini yopishni unutganligini tan oldi.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 4 qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi – 32 yoshli Sanjar SH. qo‘lga olindi.

Hozirda u qamoqqa olingan, tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 11:18 18.03.2021. O'qildi: 3293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik