Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shayxontohur tumanida qalbaki pul ishlab chiqarayotgan xonadon faoliyati fosh etildi

Shayxontohur tumanida qalbaki pul ishlab chiqarayotgan xonadon faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shayxontohur tuman bo‘limi hamda DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.A. va SH.K.lar o‘zlarining yonidagi jami 27 dona qalbaki 50 ming so‘mlik kupyuralarning 20 donasini fuqaro A.ga 300 ming so‘mga o‘tkazgan vaqtlarida  ashyoviy dalil bilan ushlanganlar. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, tadbirda fuqarolar qalbaki pullarni sherigi Ye.R.ning xonadonida yasaganliklari aniqlanib, ushbu xonadondan 50 ming so‘mlik qalbaki kupyura, rangli printer, noutbuk va boshqa tovarlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:17 27.01.2021. O'qildi: 2767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!