Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shaxrixon tumanidagi savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Shaxrixon tumanidagi savdo markazida yong‘in  sodir bo‘ldi

Bugun, 30 sentyabr kuni soat 15:34 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Shaxrixon tumanida joylashgan ikki qavatli “Super market”ning yerto‘lasida yong‘in ro‘y berayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:40 da yetib borib, yong‘in soat 16:17 da o‘rab olingan va soat 16:29 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.

Kiritildi: 16:55 30.09.2021. O'qildi: 2045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!