Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Shaxmat. Vakillarimiz individual bahslarda ham sovrindor bo‘ldi

Shaxmat. Vakillarimiz individual bahslarda ham sovrindor bo‘ldi

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida chempion bo‘lgan vakillarimiz individual bahslarda ham sovrindor bo‘ldi.

Biroz avval, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston delegasiyasi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi. Xalqaro shaxmat federasiyasining xabar berishicha, Olimpiadada jamoaviy bahslardan tashqari individual natijalar bo‘yicha ham kurash ketadi.

Ushbu individual natijalar bo‘yicha Jahongir Vohidov 4-doskada o‘ynagan shaxmatchilar orasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shaxmat. Vakillarimiz individual bahslarda ham sovrindor bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov esa 1-doskadagi shaxmatchilar orasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U hattoki shaxmat tojining amaldagi sohibi Magnus Karlsenni ham ortda qoldirdi. 1-doskada oltin medal hindistonlik Gukesh Dommarajuga nasib qildi. Kuni kecha Abdusattorovning o‘zi aynan shu ishtirokchini mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Kiritildi: 23:37 09.08.2022. O'qildi: 4161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!