Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Shavkatjon Abdurazzoqov o‘zini yoqib yuborgan ayolning xonadoniga bordi

Shavkatjon Abdurazzoqov o‘zini yoqib yuborgan ayolning xonadoniga bordi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov MIB xodimlari harakatiga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘yib, vafot etgan ayol xonadonida bo‘ldi. 

Viloyat hokimi Namangan shahridagi Istiqbol mahallasida bo‘lib, marhuma Gulandom Dadaboyevaning yaqinlariga ta’ziya bildirdi. Uning 15 va 12 yashar o‘g‘illari munosib sharoitlarda voyaga yetishlarida har tomonlama ko‘mak berilishini ta’kidladi. 

— Mazkur holat bo‘yicha hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ularning natijasi bo‘yicha vaziyatga qonuniy, huquqiy baho beriladi va bu haqda albatta jamoatchilikka ma’lum qilinadi, — dedi viloyat hokimi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 sentyabr kuni Namangan shahrida istiqomat qilgan 35 yoshli Gulandom Dadaboyeva ijro harakatlari davomida o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi.

Ayol 30 sentyabr kuni tanasining 80 foizdan ortiq kuyish tan jarohati oqibatida RSHTYOIM Namangan filialida vafot etdi.

Kiritildi: 17:16 06.10.2020. O'qildi: 3821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!