Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi kutilmoqda

A A A
Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi kutilmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda "Bankir kundaligi" yozmoqda. 

"Yuborilayotgan xabarlarga ko‘ra, Farg‘onada tashrif yaqin. Bugun-erta kutishmoqda. 

Prezidentimiz, Xayrullo Bozorovni viloyat hokimligiga tasdiqlasa kerak. Shuningdek, avval berilgan ko‘rsatmalar ijrosi va "mahallabay" yo‘nalishlar bilan tanishishini tahmin qilish mumkin. Tijorat bank raislari bilan birga, Markaziy bank raisi M.Nurmuratov ham kecha yetib borgan.

Tashrif mexanizmiga xalq ham idoralar ham, rahbarlar ham ko‘nikib bormoqda. Ko‘p narsalar tashrifga bog‘lanmoqda, ayniqsa, shu kunlarda Farg‘onadagi kreditlarga tijorat banklarning Bosh ofislaridan berilayotgan ruxsatlarning tezlashib ketganiga, Farg‘onaliklarning o‘zlari ham ishonmayotgan bo‘lsa kerak. 

Mayli, respublika tashkilotlari, rahbarlar tashrifdan qo‘rqib ham ishlayversin. Bizning rahbarlarga bitta gap kam!", deyiladi kanalda.

Kiritildi: 10:13 04.02.2021. O'qildi: 2619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik