Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega borishi kutilmoqda

A A A
Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega borishi kutilmoqda

Joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Tojikiston hukumati OAVga tayangan holda Azon nashri xabar qilmoqda.Sammitda 2019-2023 yillarda jinoyatchilikka qarshi hamkorlikda kurashish bo‘yicha davlatlararo dastur, axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabrida Sochida bo‘lib o‘tgan sammitda MDH raisligi Rossiyadan Tojikistonga o‘tgan edi. Dushanbedagi sammitda esa Tojikistondan Turkmanistonga o‘tadi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 07:46 29.08.2018. O'qildi: 1255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik