Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyevni shaxsan Emomali Rahmon kutib oldi (FOTO)

Shavkat Mirziyoyevni shaxsan Emomali Rahmon kutib oldi (FOTO)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

Aeroport oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari va shiorlar bilan bezatilgan.

O‘zbekiston rahbarini kutib olishda ko‘plab yoshlar va ijodiy jamoalar ham ishtirok etdi.

Prezidentlar muzokaralar davomida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston sherikligining keng ko‘lamli kun tartibini ko‘rib chiqadilar hamda xalqaro va mintaqaviy darajadagi aloqalar yuzasidan fikr almashadilar.

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:31 10.06.2021. O'qildi: 7554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!