Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyevga Pokistonning oliy mukofoti topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga Pokistonning oliy mukofoti topshirildi

“Ayvoni Sadr” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga tantanali ravishda topshirdi.

Ushbu nufuzli mukofot ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarning munosib e’tirofi hamda O‘zbekiston xalqiga do‘stona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi.

O‘zbekiston – Pokiston strategik sherikligi mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib borishiga ishonch bildirildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur yuksak mukofot turli yillarda Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, AQSh Prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Nelson Mandela, Tailand Qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA Prezidenti Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqalarga berilgan.

Kiritildi: Bugun 15:31. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!