Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev yana Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev yana Turkiyaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari raisligida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishida qatnashadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.

Bu haqda 6 avgust kuni O‘zbekiston delegasiyasi rahbari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda so‘z borgan. Lekin tashrif sanasi hali aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017 yil oktyabr oyida ilk marta Turkiyaga borgandi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa 2018 yil bahorida O‘zbekistonga kelgan.

Kiritildi: 00:07 07.08.2019. O'qildi: 2159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!