Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev yana Rossiyaga boradi. Nega?

Shavkat Mirziyoyev yana Rossiyaga boradi. Nega?

Joriy yilning 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federasiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri Anton Siluanov boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat rahbarlarining davlat tashriflari, oliy darajadagi boshqa uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, ularni belgilangan muddatlarda va to‘laqonli bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil boshida Rossiya Federasiyasiga amalga oshirilajak tashrifiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator hujjatlar, jumladan, strategik jihatdan muhim investisiya loyihalarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi”, - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, uchrashuv chog‘ida eng muhim sohalar, xususan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashilgan.

Tomonlar o‘zaro manfaatdorlik va ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlarning yuksak darajasi, shuningdek, uni yanada kengaytirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini qayd etgan.

Kiritildi: 11:00 21.09.2019. O'qildi: 3386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!