Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda — Asadov

Shavkat Mirziyoyev vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda — Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ayni damdagi vaziyat shaxsan Shavkat Mirziyoyev nazorati ostida ekanligini ma’lum qildi.

"Xabaringiz bor, yurtimiz va qo‘shni mamlakatlarning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Dastlabki o‘rganishlar bu holat umummintaqaviy energiya tizimi doirasida yuzaga kelgan nosozliklar oqibatida kelib chiqqanini ko‘rsatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, vaziyat shaxsan Prezidentimiz nazorati ostida. O‘zbekiston energiya tizimini barqarorlashtirish hamda elektr ta’minoti va boshqa tarmoqlar ishini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida deyarli har daqiqa davlatimiz rahbariga axborot berib borilmoqda.

Shunday ekan, barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o‘rin yo‘q".

Kiritildi: 16:59 25.01.2022. O'qildi: 4583 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!