Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi delegasiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi delegasiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O‘mon Sultonligi iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomini yetkazdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investisiya-moliyaviy sohalardagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

So‘nggi yillarda aloqalarimiz faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi o‘sgani qayd etildi. O‘zbek-O‘mon investisiya kompaniyasi ishtirokida muhim loyihalar samarali amalga oshirilmoqda. Keyingi oydan poytaxtlarimiz o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Shu yil Masqat shahrida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.

Muloqotda transport, logistika, geologiya, elektron tijorat, raqamli infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 16:09 18.06.2026. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!