Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kun munosabati bilan Prezident Rejep Tayyib Erdog‘anga tabrik yo‘lladi.

Maktubda so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, infratuzilma va moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib, tom ma’noda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisi va oila a’zolariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Rejep Tayyip Erdog‘anning serqirra va mas’uliyatli faoliyatiga yangi zafarlar va tuganmas kuch-g‘ayrat, qardosh turk xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tilagan.

Kiritildi: 16:28 29.10.2020. O'qildi: 2003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!