Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

A A A
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnashish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq, 27-28 sentyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga borishi ma’lum qilingandi.

Tashrifning birinchi kuni qator ikki tomonlama tadbirlar jadvali asosida o‘tkaziladi. Tashrifdan asosiy maqsad, 28 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etishidir. 

Shuningdek, ushbu safar davomida tor va keng doiralarda muzokaralar o‘tkazilishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

MDH davlat rahbarlari sammitda ishtirok etish doirasida tojikistonlik metallurglar shahri - Tursunzodaga tashrif buyurishi kutilmoqda.

 

Kiritildi: 10:18 27.09.2018. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik