Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Shveysariyada bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 21 yanvar kuni Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi.

Avvalroq davlatimiz rahbari kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.

Mamlakatimiz yetakchisi AQSh Prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:48. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!