Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhammedov bilan telefonlashdi

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhammedov bilan telefonlashdi

22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Konstruktiv siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda, “Xorazm-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasi birgalikda amalga oshirilmoqda. Energetika va transport sohalaridagi kooperasiya mustahkamlanmoqda. Oktyabr oyida poytaxtimizda Turkmaniston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Markaziy Osiyoda o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan amaldagi ko‘p tomonlama formatlar doirasida kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Telefon muloqoti yakunida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va xalqini bo‘lajak Mustaqillik kuni bilan dildan tabrikladi.

Kiritildi: 14:12 22.09.2023. O'qildi: 4073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!