Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan muloqot o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tovar ayirboshlash sur’ati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperasiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, shu jumladan, «Xitoy ­– Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha birgalikdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Kiritildi: 20:50 10.02.2026. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!