Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi norasmiy uchrashuvda ishtirok etdi

A A A
Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi norasmiy uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Sammitda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

Tadbirda kelgusi haftada Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, investision, transport-kommunikasiya sohalaridagi yaqin aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining amaliy tashrifi yakunlandi. Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.

Kiritildi: 23:15 07.10.2022. O'qildi: 5272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!