Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Qani jamoatchilik, qani deputatlar?"

Shavkat Mirziyoyev: "Qani jamoatchilik, qani deputatlar?"

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Surxondaryo viloyati faollari bilan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda deputatlarni faol bo‘lishga chaqirdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Oxirgi yillarda tuman kengashlariga ko‘p vakolatlar berdik. Kim u tuman kengashi? Xalq vakili! Xalq vakili kim? O‘sha hududdagi xalq dardi bilan yashagan, muammolarga befarq bo‘lmagan, fidoyi, deputat sifatida kengashga saylangan odam»,— dedi Prezident.

Davlat rahbari viloyatni yanada rivojlantirish uchun davlat byudjetidan 1,9 trillion so‘m ajratilganini ta’kidlagandi.

«Surxondaryoning eng olis hududlaridagi vaziyatni o‘zim yaxshi bilaman. Ko‘mak nuqtai nazardan juda katta mablag‘ bilan keldik. Bu kichkina mablag‘ emas. Qani jamoatchilik, qani deputatlar? Nima uchun viloyatga 1,9 trillion so‘m pul beryapmiz? Ijtimoiy sohaga, yo‘llarga, uzoq joylarga 20 yil davomida buncha pul ajratmaganmiz. Nazorati qani? Deputatlarning ovozi qani? Siyosatni kim amalga oshiradi? Xalq vakili bo‘lgan siz deputatlar amalga oshirasizlar. Tuman hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari, deputatlar o‘zini qiynashi kerak. Agar qiynay olmasa, ketishi kerak. Yosh, zabardast, fidoyi, bilimli kadrlar kirib kelishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kiritildi: 14:12 02.06.2021. O'qildi: 3069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!