Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Kemerevo viloyatidagi "Listvyajnaya" konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.