Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev prezident maktabi faxriy mehmonlar kitobiga nima deb yozdi?

Shavkat Mirziyoyev prezident maktabi faxriy mehmonlar kitobiga nima deb yozdi?

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi prezident maktabiga tashrifi chog‘ida faxriy mehmonlar kitobiga o‘z izohini yozib qoldirgan. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

" ...Yangi O‘zbekistonimizni yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, o‘z Vatanini jonidan ortiq sevadigan, uning yorug‘ kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni tarbiyalash orqali erishamiz.

Ana shunday salohiyatli va barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadida respublikamizning har bir hududida mutlaqo zamonaviy shakldagi ta’lim muassasalari – Prezident maktablarini tashkil etdik.

Men ishonaman, bu maskanlar jonajon O‘zbekistonimizning ertangi taqdirini o‘z qo‘liga olishga, globallashuv davrida keskin bellashuv va raqobatlarda g‘olib bo‘lishga qodir shaxslarni – yangi Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniylar, Ulug‘beklarni tarbiyalab yetishtiradi.

Poytaxtimiz Toshkent shahrida faoliyat boshlagan Prezident maktabi xalqimizning ulug‘vor va olijanob orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishda barchaga namuna bo‘lishiga tilakdoshman"- deb yozgan Shavkat Mirziyoyev.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 23:00 10.09.2019. O'qildi: 1900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!