Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan muloqot o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni telefon orqali muloqotda Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va uzoq umr tiladi.

Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozog‘istonning barpo etilishi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni ilgari surish hamda O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini alohida e’tirof etdi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ko‘mak rishtalariga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlikning bugun yuqori sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kiritildi: 18:17 06.07.2026. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!